Turkiyaning Kars viloyatida bir guruh terrorchilar Boku—Tbilisi—Arzirum gaz quvurida portlash uyushtirdi, deb xabar bermoqda “TASS”. Viloyat rahbariyati ushbu hodisada “Kurdiston ishchi partiyasi”ni ayblamoqda.
Portlash magistralning Sariqamish uyezdidan o‘tgan qismida 24-avgust oqshomida sodir bo‘lgan. Hujumda 20 ga yaqin jangari qatnashgan. Quvurdan yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatilib, yong‘inni o‘chirish ishlari boshlangan.
Hodisa joyiga xavfsizlik kuchlari bo‘linmalari yetib kelgan. Atrofdagi hududlar jandarmlar va harbiylar nazoratiga olingan. Jangarilar bilan otishmalar ham bo‘lgani aytilgan.
Izoh (0)