Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi umumiy kengashining raisi, “Yaponiyaning O‘zbekiston bilan do‘stlik parlament ligasi” rais o‘rinbosari, Butunyaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasining prezidenti Toshixiro Nikay “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Yaponiyadagi faxriy vakili etib tayinlandi. Bu haqda “Uzreport.uz” xabar beradi.
“Menga bildirilgan yuksak ishonch uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildiraman. Tayinlov men uchun katta sharaf bo‘ldi. Bu lavozimda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi turizm sohasi yuzasidan hamkorlikni bundan keyin ham faollashtirish uchun harakat qilaman”, — dedi Toshixiro Nikay.
Izoh (0)