“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining yangi rahbari etib Alisher Sultonov tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1967-yilda tug‘ilgan Alisher Sultonov 2013-yil noyabr oyidan buyon “O‘zbekneftgaz”ning Prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
2010-yildan buyon “O‘zbekneftgaz”ga rahbarlik qilib kelgan Shokir Fayzullayev esa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)