“Atletik” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining dastlabki o‘yinida bilbaolik futbolchilar yirik — 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
O‘yinning 13-daqiqasida San Xose chamasi 49 metrlardan zarba yo‘llab, Ter Shtegenni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib, Aduris hisobdagi farqni ikkita to‘pgacha yetkazdi.
Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tar-o‘tmas, Aduris hisobni yirik — 3:0 ko‘rinishga olib keldi. 68-daqiqada esa Aduris penaltidan o‘zining o‘yindagi uchinchi golini kiritib, yakuniy 4:0 natijasini o‘rnatdi.
“Barselona” to‘rtta golga hatto bitta gol bilan ham javob qaytara olmadi. ‘Sevilya’ ‘kambek’i ‘Barsa’ga salbiy ta’sir o‘tkazganmi yoki boshqa bir sabab bormi, unisi noma’lum. Ammo Luis Enrike shogirdlari endi ‘Kamp Nou’da bu sharmandalik unutilishini ta’minlashlari lozim”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)