Xonanda Lola litsenziyasidan ayrilgach ham, internetga ochiq-sochiq fotosuratlar joylashda davom etmoqda, deb yozadi “12news.uz” “Darakchi” gazetasiga tayanib.
“Ko‘ramiz, qayergacha borib yetarkan. Lola ijodiy faoliyatini davom ettirmoqchi emasga o‘xshaydi. ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasi nafaqat Lola, balki litsenziyadan ayrilgan boshqa qo‘shiqchilarning omma oldidagi xatti-harakatlari va faoliyatini kuzatib boradi. Ijobiy natijalarga erishilmagunicha, litsenziyalar qaytarilmaydi”, — dedi birlashmaning maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov.
Birlashma vakili ta’kidlashicha, san’atkorlar uyda xohlagan kiyimini kiyishi mumkin, biroq jamoatchilik oldida milliy qadriyatlarga hurmatni saqlab qolishi kerak.
Izoh (0)