Ukrainaning Jitomir viloyati Novograd-Volinskiy shahri meri Vladimir Zagriviy prezident Pyotr Poroshenkoga mamlakat nomini Ukraina-Rus qilib o‘zgartirish taklifi bilan maktub yo‘lladi, deb xabar bermoqda Meduza.
Novograd-Volinskiy shahar kengashi saytidagi xabarda Ukraina-Rus nomi “ukrain xalqidan uning shonli tarixi bilan birgalikda o‘g‘rilanib, bir necha asr oldin hozirgi zo‘ravon davlat tomonidan o‘zlashtirilgan”i yozilgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Ukraina radikal partiyasidan deputat Oksana Korchinskaya Oliy Radaga Rossiya Federatsiyasini Rossiya deb atashni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritgan edi.
Izoh (0)