Shahzoda Charlz rafiqasi Kamilla bilan 22-iyul kuni nabirasi Georgni ikki yoshga kirishi munosabati bilan tabriklay olmadi. Shu sababdan sovg‘a biroz keyinroq taqdim qilindi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Shahzoda Charlz 1989-yilda shahzoda Uilyamning yetti yoshligi munosabati bilan Xaygrouvda qurilgan uychani qayta ta’mirladi.
Bundan tashqari, shahzoda Charlz Georg uchun cho‘ponlar kulbasini qurib berdi, bu unga 20 ming funtga tushdi. Kulba o‘tloqda joylashgan bo‘lib, unda yashash uchun kerak bo‘lgan barcha narsalar mavjud.
Izoh (0)