Tojikiston investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi hamda Coca-Cola kompaniyasi yaqin vaqt mobaynida mamlakatdagi faoliyat ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.
Ushbu qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Lochin Fayzulloyevning ma’lum qilishicha, shu yil oktabr oyida qo‘mita va “Coca-Cola Ichechek A.S.” kompaniyasi alkogolsiz ichimliklar zavodining ikkinchi navbatini foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi. “Biz mazkur hujjatni Dushanbeda 14-oktabr kuni o‘tkaziladigan ikkinchi xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolashni mo‘ljallaganmiz, — deya ta’kidlagan mansabdor. — Kompaniya respublikada faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha 20 million dollar kiritishni rejalashtirgan”.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbedagi zavodning birinchi navbati shu yil yanvar oyida birinchi kelishuv imzolanganidan olti oy o‘tgach, foydalanishga topshirildi va buning uchun “Coca-Cola Ichechek A.S.” 50 million dollar sarfladi.
Izoh (0)