Toshkentning Sergeli tuman ichki ishlar boshqarmasi poytaxtda to‘rt yoshli qizchaning o‘limida gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qildi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Militsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 3,5—4 yoshlardagi qizchaning jasadi Sergeli tumanidagi 264-sonli maktab axlatxonasida topilgan. Unda bo‘g‘ib o‘ldirish alomatlari aniqlangan.
TIIB xabarida qotillikda gumonlanuvchining tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq ma’lumotlar hamda uning fotoroboti keltiriladi.
Izoh (0)