Irlandiyaning Antrim grafligida o‘tkazilgan Dalriada festivalida qo‘ylar orasida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida “Babbls” laqabli cho‘chqa g‘olib bo‘ldi. Bu haqda BelfastLive xabar beradi.
Babblsni tanlovga uning besh yoshli sohibasi Keti Ross olib keldi. Ular tanlovda Rock Chicks (“Rok-qizaloqlar”) jamoasi sifatida qatnashdi. Keti va Babbls bir-biriga mos yorqin pushti bezaklari bo‘lgan qora gipyurdan ko‘ylak kiyib olgan edi. Bundan tashqari qora rangli cho‘chqa sarg‘ish tusdagi ulama soch kiyib olgan.
Rock Chicks qanday qilib qo‘y raqiblarini ortda qoldirganligi va tanlov hakamlari nega g‘oliblikni tashqi ko‘rinishi tanlovga mos kelmaydigan cho‘chqaga berganligi sababi manbada ko‘rsatilmagan.
Izoh (0)