Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya AQShni o‘z mamlakatiga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga va Guantanamo harbiy bazasi joylashgan hududni qaytarishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Bugun shu paytgacha bo‘lganidan farqli yangi ikki tomonlama munosabatlarni o‘rnatishga imkon paydo bo‘ldi. Buning uchun Kuba hukumati Guantanamo qaytarilishini, blokada tugatilishini va Kuba suvereniteti hurmat qilinishini so‘raydi”, − dedi u.Eslatib o‘tamiz, 20-iyul, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:37 da Vashingtondagi Kuba elchixonasi ustida mamlakat bayrog‘i ko‘tarildi. Shu tariqa, Kubaning AQShdagi elchixonasi rasman ochildi.
Izoh (0)