Saudiya Arabistonida IShID bilan aloqador bo‘lgan 400 dan ortiq kishi hibsga olindi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Qirollik Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, qo‘lga olish chog‘ida 40 kishi halok bo‘lgan, yana 120 nafari jabrlangan. Shuningdek, yana olti nafar terrorchi yo‘q qilingan.
Hibsga olinganlar orasida mamlakatning sharqida may oyida sodir etilgan terrorchilik harakatiga aloqador bo‘lgan kishilar ham bor. Qamoqqa olinganlarning asosiy qismi qirollik fuqarolaridir. Shuningdek, ular ichida Yaman, Misr, Iordaniya, Jazoir, Nigeriya va Chad fuqarolari ham bor.
Izoh (0)