2006-yilda Toshkentda asos solingan “Azia Mozaik” MChJ asosan gipsokarton listlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Firma 8 mm, 9,5 mm va 12,5 mm qalinlikdagi oddiy va namga chidamli gipsokarton listlarini ishlab chiqaradi.
Gipsokarton bir paytning o‘zida ikkita fizik xususiyatga ega — egiluvchan va mustahkam. Bu ma’lum texnologiyadan foydalanib gipsokarton listini istalgan shaklga keltirish mumkinligini anglatadi. Gipsokartondan devorlar va shiftlarning qayrilma detallarini yasash mumkin. Shift uchun ishlatiladigan gipsokartonning qalinligi 8 va 9,5 millimetr bo‘ladi.
Ko‘pincha gipsokarton bino ichida alohida xona hosil qilish uchun ham ishlatiladi. Listlar profillardan yig‘iladigan maxsus karkasga qotiriladi. Gipsokartondan yasalgan xonaning ichki qismi shovqinni bostiradigan maxsus materiallar bilan to‘ldiriladi. Shunday qilib, gipsokarton yordamida nafaqat binoni xonalarga bo‘lish, balki dam olish hududini keraksiz tovushlardan to‘sish mumkin.
O‘z funksiyalari evaziga gipsokarton turar-joylardagi shift va devorlar ishlari uchun eng ko‘p ishlatiladigan materiallardan biri hisoblanadi. Material bilan ishlashdagi yengillik, shuningdek, gipsning tabiiy xususiyatlari uni yog‘och uydan tortib g‘isht kottejgacha deyarli istalgan turdagi qurilishlarda ishlatish imkonini beradi. Hattoki namlik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda — hammom, basseyn va boshqa joylarda ishlatish mumkin bo‘lgan namga chidamli material mavjud.
“Azia Gipsokarton” listlari ikkala tomonidan yuqori sifatli maxsus karton yelimlangan gips plitasi bo‘lib, hech qanday hidga ega emas va inson sog‘lig‘i uchun zararli moddalar chiqarmaydi. Gipsning o‘ziga xos xususiyatlari ishlab chiqarishning ekologik toza yo‘llari bilan takomillashtiriladi. Gipsokartonning egiluvchanligidan devor va shiftlardagi murakkab dizaynlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin.
“Azia Gipsokarton” plitalari bino ichidagi mikroiqlimni saqlashga yordam beradi. Gips ortiqcha namlikni yutib, havo qaytadan quriganida esa uni qaytadan chiqarishi mumkin. Shuningdek, gipsokartonlar ovoz o‘tkazmaslik xususiyatiga ham ega.
“Azia Gipsokarton” plitalarining yana bir xususiyati yong‘in chiqishiga qarshilik ko‘rsatishidir. Gipsning taxminan 20 foizi kristallashgan suvdan iborat bo‘ladi. Shu tariqa, 15 millimetr qalinlikdagi plitaning har kvadrat metrida uch litr suv bo‘ladi. Yong‘in vaqtida bu suv “ichki o‘t o‘chirgich” vazifasini bajaradi.
Mayolika
Firma o‘z mahsulotlari qatorini kengaytirib, mozaika kafellar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, favvora, basseyn, dush, oshxona uchun maxsus mayolikalar ishlab chiqariladi.“Azia Mozaik” MChJ bilan quyidagi vositalar yordamida bog‘lanish mumkin:
- Telefon: +998 (71) 215-29-29, (90) 357-38-85
- Vebsayt: aziagipsokarton.uz
- Elektron pochta: aziamozaik@gmail.com
Izoh (0)