Yaponiyada 6-iyuldan 12-iyulga qadar jazirama oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, uch mingdan ortiq odam quyosh urishi natijasida kasalxonaga joylashtirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Eng ko‘p jabrlanganlar Saytama prefekturasida qayd etildi, bu yerda 190 kishi, Osakada 185 kishi, Kumamotoda 172 kishi, Tokioda 162 kishi va Aitida 161 kishi kasalxonaga yotqizildi.
O‘tgan haftada eng yuqori harorat 6—7-iyul, yakshanba va dushanba kunlariga to‘g‘ri keldi. Bir sutka davomida bu yerda jazirama oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 800 dan ortiqrog‘i shifoxonaga yuborildi. Bir qator prefekturalarda havo harorati 38,4 darajaga yetdi.
Izoh (0)