Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy shimolidagi Chjenchjou shahrida joylashgan Zhengzhou Airport Comprehensive Economic Experimental Zone (ZACEEZ) iqtisodiy eksperimental zonasi hozirda uyali telefonlarni yetkazib beruvchilar tarmog‘idan 70 ga yaqin ishlab chiqaruvchini o‘z ichiga olgan, deb yozadi “3Dnews.ru”.

Foto: rhdhvurbandevelopment.com

Foto: rhdhvurbandevelopment.com

ZACEEZ tez orada Xitoy janubida joylashgan Shenchjen zonasi o‘rniga uyali telefonlar ishlab chiqaruvchi eng yirik bazaga aylanishi kutilmoqda. Tayvanning Foxconn Electronics kompaniyasi bu yerda 2010-yilda zavod qurishni, 2011-yilda esa ishlab chiqarishni boshlagan. 2014-yildan Foxconn aynan shu yerda iPhone 6 va iPhone 6 Plus’ni ishlab chiqarishga kirishgan.

Xitoyning ZTE, Coolpad, K-Touch, Skyworth va Kliton kabi yirik ishlab chiqaruvchilari ham ZACEEZ’da o‘z zavodlarini ochgan. Bu yerda faoliyat yuritadigan kompaniyalar soni joriy yil oxirigacha 120 taga, yakunda esa 500 taga yetishi mumkin.

2014-yilda ZACEEZ’da 143 millionta smartfon, jumladan, 120 millionta iPhone ishlab chiqarilgan. Joriy yilda ishlab chiqarish hajmi 200 millionta smartfonga, 3—5 yil ichida esa 400 millionta smartfonga chiqishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)