Kiyev shahrining Xarkov ko‘chasida 14-iyul kuni, tongda erkak ko‘p qavatli uyning o‘ninchi qavatidan o‘zini tashlab yubordi. U maysazorga tushdi va jiddiy shikast yetganligiga qaramasdan tirik qoldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Militsiya xodimlarining ma’lum qilishicha, 38 yoshli erkak onasi bilan birga yashagan. Onasi ishdaligida, u o‘zini balkondan pastga tashlagan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, u giyohvand modda qabul qilib yurgan va oxirgi kunlarda o‘zini yomon his qilgan.
Erkak shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasiga yetkazildi, u yerda shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.
Izoh (0)