O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Jumladan, barcha oliy o‘quv yurtlari uchun akademik qarzdorlikni belgilangan tartibda va muddatda topshirgan talabalarga stipendiya qarzdorlikni yopish uchun ajratilgan bir oylik muddat yakunlanganidan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanishi belgilandi.
Talaba onalarga stipendiya va bola parvarishi uchun nafaqa to‘lash tartibiga ham tuzatish kiritildi. Avval bola ikki yoshga to‘lguncha talaba onalarga ham to‘liq miqdorda stipendiya, ham bola parvarishi uchun nafaqa to‘langan bo‘lsa, endi faqat to‘liq miqdorda stipendiya to‘lanishi belgilandi.
Izoh (0)