Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mahalla va uning faoliyatiga oid ko‘plab savollarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi huquqshunosi Soqijon Karimov javob berdi, deb xabar qilmoqda “Oila davrasida” gazetasi.

Arxiv. Foto: mahallafond.uz

Arxiv. Foto: mahallafond.uz

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga binoan xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shart­nomasi shartlariga muvofiq, o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Mahallada xizmat qilayotgan xodimlar ish vaqtini o‘zlariga ma’qul paytlarga belgilab olishlari noto‘g‘ri. Ish vaqti korxona yoki tashkilotning ichki mehnat tartib-qoidalariga kiritilib, mehnat hamda jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yilishi lozim. Shuningdek, Mehnat kodeksining 115-moddasiga asosan, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ziyod bo‘lishi mumkin emas. 6 kunlik ish haftasida har kungi ish muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan oshib ketmasligi kerak.

Bugungi kunda respublikamizdagi barcha fuqarolar yig‘inlari uchun ish vaqti ertalab soat 09:00 dan kechki soat 18:00 gacha qilib belgilangan.

Mahalla fuqarolar yig‘inidan taqdim etiladigan ma’lumotnomalar pulli ekani belgilanmagan. Shu bois mahalla fuqarolar yig‘inidan ma’lumotnomalarni olish bepul.

Mahalla fuqarolar yig‘ini ma’lumotnoma berishda kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozlarni so‘rash va talab qilishga haqli emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari