AQShning Kaliforniya shtatidagi Tusti shahrida yashovchi Konjo laqabli it old oyoqlarida yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Ginnes rekordlar kitobining rasmiy sayti.
Konjo besh metr masofani old oyoqlarida bosib o‘tishi uchun 2,39 soniya kifoya qilgan. Itning egasi Yuliya Pasternakning so‘zlariga ko‘ra, u bunday yugurishga yoshi ancha kichikligida o‘rgangan bo‘lib, har kuni shu usulda harakatlanib turadi.
https://youtu.be/Cemz5It3ACM
Aniqlik kiritilishicha, Ginnesning rekordlar kitobi ekspertlari rekordni o‘tgan yil oxirida qayd etgan, biroq kitobga endi kiritilgan. Avvalgi rekord Jiff laqabli itga tegishli bo‘lib, u besh metrni 7,76 soniyada bosib o‘tgan.
Izoh (0)