O‘rtayer dengizida Rossiya va Misr harbiy-dengiz kuchlarining birgalikdagi “Do‘stlik ko‘prigi-2015” o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar davomida oldindan rejalashtirilgan bir qator harakatlar ustida ishlandi, xususan, vertolyotlar yordamida kemalar bortiga yuklarni yetkazib berish mashg‘ulotlari rivojlantirildi, havo va suvdagi vaziyat nazorat qilib turildi.
O‘quv mashqlarida Rossiya tomonidan bortida Ka-27 vertolyoti bilan birga “Moskva” raketa kreyseri, havo yostiqchasidagi “Samum” raketa kemasi, “Aleksandr Shabalin” katta desant kemasi, “Ivan Bubnov” tankeri va “MB-31” dengiz buksiri ishtirok etdi.
Misr harbiy-dengiz kuchlaridan esa “Taba” va “Sharm ash-Shayx” fregatlari, “Shalatin” tankeri, “25-aprel” va “18-iyun” raketa katerlari, ikkita F-16 samolyotlari va boshqaruv vertolyoti ishtirok etdi.
Izoh (0)