Turkmanistonning amaldagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning ilk haykali mamlakat poytaxtida bugun, 25-may – Ashxobod kuni munosabati bilan ochildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Prezident turkman milliy kiyimida, kishnayotgan axaltekin oti ustida o‘ng qo‘lini baland ko‘tarib o‘tirgan holda tasvirlangan. Prezidentning yonida tinchlikka intilishni ifodalovchi uchayotgan kabutar tasvirlangan.
Haykal bronzadan ishlangan bo‘lib, 24 karatli oltin bilan qoplangan. Yodgorlikning umumiy balandligi – 21 metr, marmar qoyaning balandligi esa 15 metr. U Turkmaniston xalq rassomi, haykaltarosh Saragt Babayev tomonidan ishlangan.
Izoh (0)