Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sifatidan haydovchi va yo‘lovchilar norozi bo‘lgan Samarqand va Navoiy shaharlari o‘rtasidagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga 1,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Arxiv. Foto: 12news.uz

Arxiv. Foto: 12news.uz

“O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 25-apreldan 20-maygacha “Olma-ota−Bishkek−Toshkent−Termiz” (M-39) xalqaro avtomobil yo‘lining 1037−1113-kilometrlarida, “Samarqand−Buxoro−Turkmanboshi” avtoyo‘lining 0−147-kilometrlarida, Samarqand halqa avtomobil yo‘li (M-37a) ning 33−46-kilometrlarida joriy ta’mir o‘tkazilgan.

Bu yo‘llar Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Urgut, Samarqand, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi tumanlari, shuningdek Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari orqali o‘tgan. Hozirda “Samarqand−Juma−Kattaqo‘rg‘on” (4R-46) avtoyo‘lining 0−49-kilometrlarida, shuningdek Salmarqand va Shahrisabz orasidagi yo‘lning 20 kilometrida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi