Buxoroda 22 yoshli shaxs 1994-yilda tug‘ilgan ikki nafar sherigi bilan birgalikda o‘zlari mingan Lacetti rusumli avtomobilda 46 yoshli ayolga nisbatan bosqinchilik sodir etdi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
O‘z ishlari bilan yurgan ayolning yonida birdaniga mashina to‘xtab, undan ikki niqobli shaxs tushib keladi, uchinchi niqobli kishi esa rulda o‘tirgan bo‘ladi. Ayolga tahdid qilgan bosqinchilar uning ichida 800 dollar puli bo‘lgan sumkasini olib, mashinaga o‘tirib qochib ketadi.
Jabrlanuvchi darhol ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida uchala bosqinchining shaxsi aniqlanib, tez orada qo‘lga olindi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)