2015-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Quvayt Davlati Milliy majlisining Birinchi Do‘stlik qo‘mitasi raisi Saud Nashmi al-Xariji boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Quvayt Milliy majlisi o‘rtasidagi hamkorlikni izchil mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishning qonuniy asoslarini hamda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy negizini takomillashtirishni qo‘llab quvvatlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Quvaytning Muvaqqat ishlar vakili Navvaf al-Sayer ishtirok etdi.
Izoh (0)