Germaniyalik alpinist Yost Kobush Nepaldagi zilziladan keyin Everest tog‘ida joylashgan baza lageriga yopirilgan qor ko‘chkisini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “N+1”.
https://youtu.be/_JC_wIWUC2U
Baza lagerida bo‘lgan Kobush ilk yer silkinishidan keyinoq videoga olishni boshlagan. Rolikda odamlar hozirgina yuz bergan silkinishni muhokama qilib, kulib o‘tirganini ko‘rish mumkin. Keyin esa birdaniga alpinistlar yashirinishga joy qidirob qolgani, qor uyumi esa yaqinlashib kelayotgani aks etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qor ko‘chkisi oqibatida 22 alpinist halok bo‘lgan, 60 kishi jarohat olgan, 217 nafari bedarak yo‘qolgan. Ko‘chki Nepalda yuz bergan 7,9 ballik zilzila oqibatida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)