Ramzan Qodirov Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikindan Chechenistonda stavropollik politsiyachilarga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilinishi sababini tushuntirishni so‘radi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Tergov qo‘mitasi rahbari halok bo‘lgan kishining qarindoshlariga va butun Checheniston aholisiga ish bekor qilinishining asl sabablarini, ish qo‘zg‘atishdan qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani, inson halok bo‘lganda nima uchun tekshirishga hojat yo‘qligini tushuntirishi lozim”, − deb yozdi Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Uning ta’kidalashicha, jinoyat ishi qonunga asoslanib qo‘zg‘atilgan bo‘lib, agar Bastrikinda boshqalarga noma’lum sabab bo‘lsa, uni oshkor qilishi lozim. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston xalqi qasddan odam o‘ldirish gumonining asosi bo‘la turib, tekshiruv nega bekor qilinganini so‘ramoqda.
Izoh (0)