“Mening yurtim” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Qaynona-kelin” teleserialining bosh qahramonlari o‘zgaradi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi jurnalist va prodyusser Ravshan Hakimovning so‘zlariga tayanib.
“Hozircha bosh qahramonlarga qaysi san’atkorlarni taklif etishimiz mumkinligini aytolmayman, – dedi Ravshan Hakimov. – Agar ‘Mening yurtim’ telekanali rahbariyati lozim topsa, kelajakda ko‘rsatuv sonini uzaytirish va Rossiya shou-biznesi yulduzlari bilan hamkorlikda ijod qilish niyatimiz bor.
Ko‘rsatuvning keyingi sonlarida kelinlarimiz ikkitaga ko‘payadi. To‘rtta kelinni xonadonga tushirib kelgan qaynona ularni o‘z uyida qayta imtihon qiladi. Hayotdagi real voqealar asosida tayyorlanayotgan ko‘rsatuvimiz, ayniqsa, yosh kelinlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi”.
Izoh (0)