• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Odil Ahmedov: Muxlislardan qarzimiz bor

    Uchinchi marta “Yilning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov turli mavzulardagi savollarga javob berdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Futbolchi “Yilning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasidagi g‘alabasi bilan bog‘liq xursandchilik haqida aytib o‘tdi: “To‘g‘risi, o‘sha paytda O‘zbekistonda bo‘lmaganim uchun bu xabarni internet orqali eshitdim. Menimcha eng oxirgi bo‘lib o‘zim xabar topdim shekilli, shuning uchun xursandchiligimni menga tabrik yo‘llaganlar bilan bo‘lishdim”.

    Savol: “Anji”da ko‘plab dunyo futboli yulduzlari to‘p surardi, “Krasnodar”da undaylar kam, bu jamoada o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

    Javob: To‘g‘ri, “Krasnodar”da dunyo yulduzlari kam, lekin jamoaviy o‘yin yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. “Krasnodar”da ishlarim yaxshi, barcha sharoitlar qoniqtiradi. Ayniqsa, oilamga ma’qul. Iqlimi yurtimiznikiga o‘xshab ketgani uchunmi xuddi uyda yurgandek his qilaman o‘zimni.

    Savol: Angliyaning “Arsenal” klubiga o‘tishingiz haqidagi gaplar rosa bolalagan edi, lekin afsuski, muxlislaringizning umidi puchga chiqdi. Yangi jamoangiz Yevropa Ligasida to‘p suradi, balki skautlarning e’tiboriga tushib, Yevropaning yetakchi jamoalaridan taklif tushsa, o‘tasizmi?

    Javob: Avvalo, futbolda hamma narsa biz o‘ylagandek oson bitib ketavermaydi. Qolaversa, o‘sha paytda “Anji” jamoasiga ko‘proq kerak bo‘lganim uchun ham keta olmaganman. “Krasnodar”ga o‘tganimga esa hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu yerda ham jamoa bilan yutuqlarga erishishni, klub muxlislarining ishonchini oqlashni istayman. Agar Yevropaning mashhur klublaridan takliflar bo‘lsa, albatta, xursand bo‘lardim.

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Savol: Ko‘pchilik sizni terma jamoadan ko‘ra klubda yaxshi o‘ynaydi deydi, shunga munosabatingiz qanaqa?

    Javob: Bilmadim... Terma jamoada ham, klubda ham doim yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilaman.

    Savol: Milliy futbolimiz keyingi jahon chempionatiga chiqishiga ko‘zingiz yetadimi?

    Javob: Jahon chempionatiga chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz! Nasib qilsa, chiqamiz ham. Muxlislardan qarzdormiz. O‘ylaymanki, terma jamoamizni ta’qib etib kelgan omadsizliklar ortda qoldi.

    Savol: O‘zingizni ampulangizdagi qaysi futbol yulduziga havas qilgansiz?

    Javob: “Real Madrid”ning afsonaviy o‘yinchisi Zeyniddin Zidanga havas qilganman.

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Savol: Butun dunyo e’tiboridagi Messi va Ronaldu bahsida bu yil omad kimga kulib boqadi deb o‘ylaysiz?

    Javob: Bu yil Messi Ronalduga qaraganda ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Shu tarzda davom etsa, menimcha u yana bir bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi.

    Savol: Futbolchilarning karyerasi qisqa. Futboldan ketganingizdan keyin sizni qaysi ampluada ko‘ramiz?

    Javob: Hali uzoq yillar futbol o‘ynash rejam bor, shuning uchun futboldan ketgandan keyingi hayotim haqida hozircha o‘ylab ko‘rganim yo‘q.

    Savol: Psixologlarning fikricha, nafaqat futbolchilar, balki futbol sohasiga qiziqqanlar ham barcha sohalarda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilarkan... Omadingiz chopmagan paytlarda ko‘nglingizdan nimalar kechadi?

    Javob: Omadsizlikni tezda unutib, yana oldinga qadam bosaman va yana yutuqlarga erishishga harakat qilaman.

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Odil Ahmedov. Foto: darakchi.uz

    Savol: Endi oilaviy savollarga o‘tsak, akangiz kino olamiga aloqador, ularning filmdagi rollari sizga ma’qulmi?

    Javob: Menga-ku, ma’qul. Lekin, avvalo, kino muxlislariga ma’qul bo‘lishi kerak.

    Savol: Sizga ham filmlarda rol ijro etishni taklif qilishganmi?

    Javob: Qilishgan. Lekin men rozi bo‘lmaganman. Chunki rol o‘ynash qo‘limdan kelmaydi, har bir ishni o‘z professionali bajargani yaxshi. Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin, deb bekorga aytishmaydi.

    Savol: Farzandlaringizda ham futbolga qiziqish bormi?

    Javob: Farzandlarim ko‘proq san’atga qiziqadi, amakisiga o‘xshagisi keladi. Qaysi sohaga qiziqishiga qarab, barcha sharoitlarni yaratib beraman. Chunki o‘z vaqtida ota-onam ham menga shunday imkoniyatlarni muhayyo qilishgan.

    Savol: Ukangiz Azim Ahmedov ham milliy terma jamoada to‘p suryapti, uni qo‘llab-quvvatlab turasizmi?

    Javob: Uzoqda bo‘lsam-da, qo‘ng‘iroq qilib, kerakli maslahatlarni berib turaman. Zarur paytda tanqid ham qilaman. Tanqidimni to‘g‘ri qabul qiladi. O‘ziga yarasha yutuqlarga ham erishyapti. “Navbahor”ning asosiy tarkibida. Shunday bo‘lsa-da, hali kamchiliklari ko‘p. O‘z ustida muntazam ishlasa, kelajakda undan yaxshi futbolchi chiqadi, deb o‘ylayman.

    Odil Ahmedov oilasi bilan. Foto: darakchi.uz

    Odil Ahmedov oilasi bilan. Foto: darakchi.uz

    Savol: Mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtingizda tez-tez teatr, konsertlarga borib madaniy hordiq chiqarishingizni bilamiz. Oxirgi marta qaysi konsert yoki teatrga kirdingiz? Ko‘rgan teatringizdan olgan taassurotlaringiz?

    Javob: Oxirgi marta oilam bilan Muqimiy teatrida namoyish etilgan “Antiqa sovchilar” spektaklini tomosha qildik. Jonli ijroni tomosha qilish baribir zavqli. Komediya janridagi bu spektaklni tomosha qilib, hordiq chiqardik.

    Odil Ahmedov “Muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz”, – deya fikriga yakun yasadi.

    21.04.2015, 21:35   Izoh (0)   12186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marokash futbol klubi avtobusi avariyaga uchrashi oqibatida 29 kishi jabrlandi

    21.04.2015, 16:09

    Ruslan Chagayev 2 haftadan buyon Mayamida mashq qilmoqda

    21.04.2015, 10:52

    Taekvondo bo‘yicha jahon chempioni Dilbar Xoljigitovaga Prezident sovg‘alari topshirildi

    21.04.2015, 10:15

    Toshkentda ilk bor muz shousi bo‘lib o‘tadi

    21.04.2015, 09:47

    Yozef Blatter 2018-yilgi jahon chempionati tanqidchilariga uyda qolishni maslahat berdi

    21.04.2015, 09:16

    Boks bo‘yicha Osiyo chempionati Toshkentda o‘tkaziladi

    21.04.2015, 08:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34

    “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Rashitov

    Sport | 11 iyul, 23:36

    Tramp: Rossiyaga “nimadir bo‘ladi”

    Dunyo | 11 iyul, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.