Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Bert Kunders Rossiyadagi muzeyda Ukraina sharqida urib tushirilgan Malayziyanign Boeing 777 samolyoti qoldiqlari namoyish etilishini hurmatsizlik deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Jagovar birodarlik” tashkilotining Krasnodar o‘lkasidagi Yeysk shahrida joylashgan bo‘linmasi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan muzey ochib, unda Donbassdan keltirilgan samolyot qoldiqlarini ham namoyish etmoqchi.
Malaysia Airlines samolyoti qoldig‘i “Donbass aholisi boshidan kechirayotgan dahshatlar”ga bag‘ishlangan ko‘rgazmadan joy oladi. Uni tashkilot a’zolaridan biri Donbassga gumanitar yuklar yetkazilgan vaqtda olib kelgan.
Izoh (0)