“Barselona” klubining “Pari-Sen-Jermen” jamoasiga qarshi o‘yinda urilgan ikkinchi goli Yevrokuboklarda jamoa tomonidan kiritilgan yubiley 1000-gol bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Bu bilan “Barselona” Yevrokuboklarda 1000 dan ortiq gol urgan ikkinchi klubga aylandi.
Kecha, 15-aprel kuni kataloniyaliklarning yubiley golini Luis Suares kiritdi. Aynan uning o‘zi 1001-golga ham mualliflik qildi.
Avvalroq “Real” 1000 talik dovonni zabt etgandi. Hozirda “Qirollik klubi” hisobida 1016 ta gol bor.