Yevropa Chempionlar ligasida chorak final bosqichining ilk uchrashuvlariga start berildi. Madrid derbisidan o‘rin olgan bahsda “Atletiko” o‘z maydonida hamshahri “Real”ni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
So‘nggi uchrashuvlarda “Qirollik klubi”ni mag‘lubiyatga uchratib kelayotgan “matraschilar” bu safar durangga imzo chekishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida mehmonlar yaxshi taassurot qoldirdi. “Atletiko” darvozaboni Oblak asosiy posbon Moyyaga munosib voris bo‘layotganini bir necha bor isbotlab, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Endi barcha masalaga kelasi hafta “Santyago Bernabeu”da o‘tkaziladigan javob o‘yinida oydinlik kiritiladi.
“Atletiko” – “Real Madrid” 0:0
“Atletiko”: Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Mauro Suares, Gabi, Koke (Torres, 83), Arda Turan, Grizmann (Raul Garsiya, 77), Manjukich
“Real Madrid”: Kasilyas, Karvaxal (Arbeloa, 85), Varan, Ramos, Marselo, Kroos, Modrich, Xames Rodriges, Beyl, Ronaldu, Benzema (Isko, 76)
Ogohlantirishlar: Manjukich, Mario Suares, Raul Garsiya — Serxio Ramos, Marselo
Izoh (0)