O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqidagi mish-mishlar tarqala boshlagach, “Darakchi” gazetasi aktrisaga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Yaratganga shukr, men tirik va sog‘lomman. Biroz tobim qochgan edi, davolandim, balki shuning uchun bunday mish-mishlar tarqalib ketgandir”, − dedi go‘shakni o‘zi ko‘targan aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Qoraqalpog‘istonda To‘ti momo Yusupova 135 yoshida vafot etgan edi. Gazetaning qayd etishicha, anglashilmovchilik tufayli ko‘pchilik qoraqalpog‘istonlik momoni taniqli aktrisa bilan adashtirib yuborgan.
Izoh (0)