Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga buyrak toshini operatsiyasiz olib tashlash uchun eng yangicha uskunalar olib kelindi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Kreditga olingan uskunaning 100 million so‘mlik pulini to‘ladik, yana 400 million so‘mini bosqichma-bosqich to‘laymiz”, − dedi endourologiya bo‘limi mudiri Nurillo Botirov.
Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan B-5-200 qurilmasi orqali buyrak toshini olib tashlash jarrohlik pichoqlarisiz amalga oshiriladi. Og‘riqsiz kechadigan muolaja yarim soat davom etadi.
Izoh (0)