Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament palatalari qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida g‘olib chiqqan Islom Karimovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Islom Karimovga Prezident etib saylangani haqidagi guvohnomani taqdim etganidan so‘ng, Islom Karimov qasamyod qabul qildi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”, – deya qasamyod qildi Islom Karimov.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so‘zladi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi respublikaning barcha fuqarolari nomidan Islom Karimovni O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi? Ekspertlar fikri
Mahalliy
“Adolat” partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqladi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi