O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarining 8-sinflarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan oraliq nazorat ishlarini rus tilida o‘tkazish uchun mo‘ljallangan metodik tavsiyalarda uchragan xatolar to‘g‘rilanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida ushbu xatolar faol muhokama qilingan. Respublika ta’lim markazi barcha chiptalardagi xatolar to‘g‘rilanib, Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sayti va ZiyoNet portaliga joylashtirilganini ma’lum qilgan.
Shuningdek ushbu chiptalar nazorat ishlari uchun faqat tavsiya hisoblanishi, maktablarning metodik birlashmalari chiptalarning 15−20 foizini o‘zgartirish huquqiga egaligi qayd etilgan.
Izoh (0)