Germanwings aviakompaniyasining halokatga uchragan Airbus A320 layneri yo‘lovchilari so‘nggi lahzalargacha halokat yaqinlashayotganini anglamagan. Bu haqda matbuot anjumanida Marsel prokurori Bris Roben aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Taxminimcha, samolyot halokati qurbonlari so‘nggi lahzalarga qadar ofat yaqinlashayotganini anglamagan — qichqiriqlar bevosita qulashdan oldin, eng so‘nggi daqiqalarda boshlangan”, — dedi Roben.
Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni Barselonadan Dyusseldorfga parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti Fransiya janubida, Alp tog‘lari ustida halokatga uchrashi oqibatida layner bortida bo‘lgan 150 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)