2015-yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, Elchi Yuriy Shterk, Germaniya Federativ Respublikasi, Italiya Respublikasi, Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilari Naythart Hofer-Vissing, Rikkardo Manara, Jak-Anri Els hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Elchisi o‘rinbosari Fiona Makston bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV Matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasiga a’zo davlatlar Konferensiyasining 2015-yil 30-noyabr – 11-dekabr kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan 21-sessiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)