Kongo Demokratik Respublikasi yo‘l harakati tartibini boshqarishning juda zamonaviy usulidan foydalana boshladi. Bu yil Kongo Demokratik Respublikasi poytaxtida yo‘l harakati nazoratchisi vazifasini amalga oshiradigan uchta yangi avtomatlashgan mexanizm o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
O‘z o‘lchami bilan ulkan alyuminiy konstruksiyasi tashqi qiyofasidan o‘tgan asr 90-yillari boshlaridagi fantastik filmlardagi robotlarga o‘xshaydi. Mazkur robotlar svetofor rolini bajaradi, shuningdek, tartib buzilishi holatlarida foto-video suratga olishni amalga oshiradi.
Uchta “robokop” mahalliy aholida ijobiy fikr uyg‘otmoqda. Biroq mazkur loyihaga budjetdan katta mablag‘ ajratilishi sababli uning samaradorligiga shubha bilan qaraydigan ayrim tanqid qiluvchilar ham topildi. Boshqaruv mashinasiga qarshi chiquvchilar so‘zlariga qaraganda, tirik tartib nazoratchisi yo‘lda juda ham e’tiborli bo‘lib, haydovchilarni jiddiy tartibga chaqiradi, shuningdek, bahsli munozalarning tez hal qilinishiga yordam beradi. Mazkur qurilmalar mazmun-mohiyatiga ko‘ra, oddiygina svetofor va videomonitoring tizimi vazifasini amalga oshira oladi, xolos.
Yo‘l harakati tartibining metal posbonlari bir necha kameralar, qizil/yashil nurli signallar, shuningdek, yo‘l harakati nazoratchisi qo‘l harakatlarini imitatsiya qiladigan ko‘chma manipulyator-tayanchiq bilan jihozlangan. Elektronika quvvat manbai foto-elektr panellar hisobiga; robot ustidan to‘siq montaj qilingan. Kamera obyektiviga tushgan tasvirlarning hammasi onlayn rejimida bo‘ladi va dispetcher pultida aks etadi.
“Robokoplar” ishlab chiqaruvchilari Kongolez muhandis xotin-qizlari assotsiatsiyasi a’zolari hisoblanadi. Bunday qurilmaning narxi 27,5 ming dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)