Fransiya janubida Airbus A320 samolyoti halokatga uchragach Airbus kompaniyasining Parij fond birjasidagi aksiyalari narxi arzonlashdi, deb xabar bermoqda “Le Figaro”. Halokatdan keyin aksiyalar narxi 1,77 foizga pasayib, 58,94 yevrogacha arzonlashgan.
Shuningdek, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi aksiyalari ham 2,20 foizga pasayib, 13,25 yevrogacha arzonlashgan. Halokatga uchragan samolyot aynan Lufthansa’ning sho‘basi bo‘lmish Germanwings aviakompaniyasiga tegishli edi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Fransua Olland Airbus A320 samolyoti halokati oqibatida bortdagi 142 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)