Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi “Qizilqum” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Shomurot Hojiyev va Rita Serjanbayevaning oilasida uch egizak dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining rasmiy sayti.

Arxiv. Foto: troe.tv

Arxiv. Foto: troe.tv

Uch o‘g‘il egizaklarga Islom, Abdug‘ani va Karim ismlari berilgan. Hozirgi vaqtda chaqaloqlarning ham, onasining ham sog‘lig‘i yaxshi ekanligi ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu baxtli oilaga tuman hokimiyati amaliy yordam ko‘rsatgan. Tuman hokimligi vakillari ona-bolalarning hollaridan xabar olib, ularga uchta bolalar aravachasi, kiyim-kechak va o‘yinchoqlar sovg‘a qilgan. Shuningdek, tuman hokimi nomidan bir bosh sog‘in sigir ham sovg‘a qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oq qumli plyajlar, ekzotika va buddalar mamlakati: Krabi oroli haqida turistlar nimalarni bilishi lozim?
Markaziy Osiyo
Qozog‘istonda ikki nafar o‘zbekistonlikning 3 yil davomida tutqunlikda ushlab turilgani aniqlandi
Dunyo
Anqaradagi raketa zavodida portlash yuz berdi, besh ishchi halok bo‘ldi