Rossiyaning Kurgan viloyati O‘zbekistondan meva va sabzavot mahsulotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz” ZaUralOnline axborotiga tayanib.
Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston delegatsiyasi Kurganga tashrif buyuradi. Ushbu tashrif chog‘ida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini, xususan, karam mahsulotini Kurgan viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolanishi kutilmoqda.
Manbada shartnomaning shartlari, qiymati haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)