O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Fransiyaning Monpelye shahrida davom etayotgan yirik tennis turnirining ikkinchi davrasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
E’tiborga molik jihati shundaki, Istomin birinchi setda tunislik raqibi Malek Jaziriga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ammo hamyurtimizning baxtiga Jaziri jarohat sabab ikkinchi setga chiqa olmadi va omad tufayligina Denis ikkinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Ertaga chorak final chiptasi uchun o‘tkaziladigan uchrashuvda Denis Istomin isroillik Dudi Selaga qarshi kortga chiqadi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ATR Open Sud de France turnirining mukofot jamg‘armasi 494 ming 310 yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)