2015-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev saytida xabar berildi.
Mazkur qaror “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kiritildi.
Qarorga ko‘ra, Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibiga quyidagi ahamiyatga molik o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
1. Deklaratsiya blanki A-5 formatida bo‘lishi belgilandi. Ilgari ham formati shu ko‘rinishda edi, faqat bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagandi.
2. Deklaratsiya blankasining orqa qismidagi “Eslatma” bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar ro‘yxati “uchuvchisiz uchish apparatlari” bandi bilan to‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi qaroriga asosan, 2015-yil 1-yanvar kunidan boshlab, O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish taqiqlangan edi.
Izoh (0)