4-fevral kuni Tayvanning TransAsia Airways aviakompaniyasiga tegishli ATR 72-600 samolyotining halokatini avtomobil videoregistratori yozib oldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
https://www.youtube.com/watch?v=6BIsUCQEv_8
Bortida 58 kishi bo‘lgan samolyotning qanoti qulash vaqtida avtomobil ko‘prigiga tegib ketgan va Kilung daryosiga qulagan. Taybeydan Szinmenga parvoz qilgan samolyot ancha balandlikka ko‘tarilgach qulab tushgan.
Mahalliy televideniyening ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha 10 kishi qutqarilgan. Qolganlar hali ham halokatga uchragan samolyot ichida qolmoqda.
Izoh (0)