Toshkentda ikki kishi Nexia’ni olib qochishda gumon qilinib, hibsga olindi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib.
Qayd etilishicha, 12-yanvar kuni Sergeli tumanidan shahar markaziga yo‘l olgan ikki kishi — samarqandlik va zangiotalik ikki og‘ayni avtobus bekatida to‘xtagan Nexia’dan Mirobod tumanidagi Maksima mebel do‘koniga olib borib qo‘yishni so‘ragan.
Manzilga yetib kelgach esa, haydovchiga zo‘rlik ishlatib, uni o‘z Nexia’sidan tushirib yuborgan va avtomashinani olib qochgan.
Ko‘p o‘tmay, ular hududda xizmatni o‘tayotgan ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qo‘lga olindi.
Izoh (0)