O‘zbekiston musulmonlar idorasi Haj va Umrani ado etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ziyoratchilar uchun yangi qisqacha arabcha-o‘zbekcha so‘zlashuv kitobini taqdim etdi, deb xabar beradi “12news.uz”.
“Bir necha kundan so‘ng bahorgi Umra boshlanadi va ziyoratchilar oldida arab tilidagi ba’zi so‘z va iboralarni bilish zaruriyati tug‘iladi. Shu ma’noda, taklif etilayotgan qisqacha arabcha-o‘zbekcha so‘zlashuv kitobi sizning yordamchingiz bo‘ladi”, – deb ta’kidlanadi O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabarida.
Avvalroq xabar berilganidek, 2014-yil dekabr oxirida O‘zbekiston musulmonlar idorasi va Saudiya Arabistonining “al-Hidoya” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Makka va Madinada 2015-yil Ramazon va bahor mavsumidagi Umra marosimlarini o‘tkazishni tashkil qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangandi.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Makkada “Nama Mavadda”, Madinada esa “Ajniha at-Tayyiba” mehmonxonasiga joylashadi. Ziyoratchilar jo‘nab ketadigan birinchi kun 2015-yil 9-fevral etib belgilandi.
Izoh (0)