2015-yil 27-yanvar kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishlamay qoldi. Saytga kirilganda tarmoq ishlamay qolganini anglatuvchi xabar chiqmoqda.
Saytdagi xatolik Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan keyin kuzatilmoqda. Qiziq tomoni, xatolik haqidagi xabar ostida Facebook mualliflik huquqi belgisi yonidagi sana sifatida 2014-yil ko‘rsatilgan.
“TASS” xabar berishicha, Facebook’ning mobil dasturi ham, Facebook Messenger ilovasi ham yangilanmayapti. Shuningdek, barcha saytlardan Facebook’da bo‘lishish tugmasi ham yo‘qolib qolgan.
Izoh (0)