Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida rossiyalik hujumchi Ruslan Koryan ko‘rikdan o‘tmoqda. U “Luch-Energiya” safida Rossiya Birinchi divizionida o‘tgan mavsumda 17 ta o‘yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

Ruslan Koryan. Foto: stadion.uz

Ruslan Koryan. Foto: stadion.uz

“Men ‘Lokomotiv’ning BAAda tashkil etilgan yig‘inida ishtirok etib, 3 ta nazorat o‘yinida 2 ta gol urdim, — dedi 25 yoshli hujumchi. — To‘g‘ri, ko‘proq qumda shug‘ullandik, formamizni tikladik.

Nima uchun ‘Lokomotiv’? Pul tufayli emas. Qozog‘iston chempionatidan pul tomonlama yaxshiroq bo‘lgan takliflar bor edi. Rossiya Birinchi divizionidan ham takliflar bor edi. Lekin ular shunchaki meni ko‘rikka taklif qildi yoki o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ymagan klublardan taklif bo‘ldi.

‘Lokomotiv’ni esa 25-fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs kutib turibdi. Bu esa jiddiy sinov. O‘z safiga chorlagan klubga borish lozim, o‘zim xohlagan joyga emas. Shuningdek, ‘Lokomotiv’ juda kuchli trener Vadim Abramov ishlamoqda. U o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan. Bizning qarashlarimiz bir joydan chiqdi. Turkiyada bo‘ladigan keyingi yig‘in vaqtda barchasi to‘la hal qilib olamiz”, — dedi Ruslan Koryan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi