Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona shahrida yashovchi D.Avazmetovaning uyida isitish pechining yonida turgan yelim idishdagi yengil alangalanuvchi suyuqlikning (benzin) qizib ketishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 35 kv. metr maydonda tomi va shifti yonib zararlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.Ikramovaning kelini S.Ikramova paxta yog‘ini dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, boshqa uy yumushlari bilan band bo‘lgan. Uy bekasining xayolidan ko‘tarilgan paxta yog‘i qizib ketishi natijasida alangalanib, uyning 90 kv. metr maydonda tom qismi va jihozlarining yonib zararlanishiga sabab bo‘ldi.

O‘tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 185 ta yong‘inlar sodir bo‘lganligi qayd etilgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 1 milliard 95 million 659 ming so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 713 million 892 ming  so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)