Bugun, 22-yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Uzfootball.uz” saytining rasmiy tvitterida yozilishicha, bugun Mirjalol Qosimov O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatida 50-rasmiy o‘yinini o‘tkazdi. Shuning 22 tasida g‘alaba qozonilgan, qolgan o‘yinlarda 14 ta durang va 14 ta mag‘lubiyat qayd etilgan. To‘plar nisbati esa 62—41.
Shuningdek, darvozabon Ignatiy Nesterovning MTJ tarkibidagi rasmiy o‘yinlari soni 90 taga yetdi. Yarim himoyachi Sardor Rashidov esa 20-uchrashuvda maydonga tushdi.
Izoh (0)